Bugun kunning ikkinçi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan, Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari körib çiqiladi.
«24 iyun kuni davlatimiz rahbari faşizm ustidan qozonilgan Buyuk Ğalabaning 75 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

10 iyun kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qirğiziston, Qozoğiston, Turkmaniston, Moldova, Özbekiston, Tojikiston, Serbiya va Xorvatiya rasmiylari joriy yil taşkil etilayotgan Ğalaba bayramida iştirok etişi haqida aytgandi. Ammo keyinroq Turkmaniston va Xorvatiya rahbarlari Moskvaga bora olmasligini ma'lum qildi.
23 iyun holatiga köra, mehmonlarning yakuniy röyxati e'lon qilinmadi.











