Jamiyat | 17:05 / 24.06.2020
3103
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasidan Parkent ko‘chasiga o‘tish yo‘li 14 soatga yopiladi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yo‘lsozlik ishlari olib borilayotgani sababli Maxtumquli ko‘chasidan Parkent ko‘chasiga o‘tish yo‘li 24 iyun kuni soat 20:00 dan 25 iyun soat 10:00 ga qadar yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

«Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.», deyiladi xabarda.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid