Jamiyat | 12:13 / 25.06.2020
2309
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanining Iftixor ko‘chasida ta'mirlash ishlari olib boriladi

Mazkur yo‘nalishda yo‘l qatnov qismining faqat bitta harakatlanish chizig‘i avtomobillar uchun ochiq bo‘ladi. 

Joriy yilning 25 iyun kuni davomida Yunusobod tumanining Iftixor ko‘chasida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu jarayonda mazkur yo‘nalishda yo‘l qatnov qismining faqat bitta harakatlanish chizig‘i avtomobillar uchun ochiq bo‘ladi. 

“Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini tavsiya qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid