Jahon | 00:25 / 26.06.2020
10948
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Hindiston bilan chegarada qo‘shinlarini joylashtirmoqda

Foto: Getty Images

Xitoy Hindiston bilan chegarasida harbiy aviatsiya, jumladan J-20 stels-qiruvchi samolyotlari, Z-20 vertolyotlari, Wing Loong II dronlari va tog‘ sharoitida jang olib bora oluvchi yengil turdagi Type 99A va Type 15 tanklarini tashladi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi

Shu bilan birga, Reuters axborot agentligi AQShning Maxar Technologies kompaniyasi sun'iy yo‘ldosh suratlariga tayanib xitoylik harbiylar Pokiston, Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi bahsli Kashmir shtati yaqinidagi Ladakxdagi nazorat chizig‘ida yangi lager barpo etayotganini ma'lum qilgan. 
 
Suratlarga ko‘ra, Xitoy armiyasi tomonidan nazorat qilinuvchi hududda chodirlar paydo bo‘lgan va bu yerda bir hafta oldin yo‘q bo‘lgan obektlar qurilishi boshlangan.
 
Xitoylik askarlar avval Hindiston armiyasi tomonidan yo‘q qilingan kuzatuv punkti joylashgan yerda pulemyotlar uchun o‘t ochish pozitsiyalariga ega lager barpo etmoqda.
 
Hindiston hukumati, o‘z navbatida, hind chegarachilariga nazorat chizig‘ida xitoyliklar bilan to‘qnashuvlar yuz bergudek bo‘lsa, o‘t ochishga ruxsat bergan. 
 
Avvalroq ikki davlat chegarachilari o‘rtasida Galvan daryosi vodiysida yuz bergan to‘qnashuv oqibatida ikki tomondan o‘nlab harbiylar halok bo‘lgan va 70 dan ko‘proq harbiy jarohat olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid