Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik harbiylar chegarani buzgan Eron katerlariga ogohlantiruvchi o‘q uzdi
Saudiyalik chegarachilar podshohlik suv hududini buzgan Eron katerlariga ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Voqea 25 iyunda yuz bergan.
Foto: AP Photo / Vahid Salemi
Al Arabiya telekanalining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni chegara xizmati bayonotida saudiyalik chegarachilar o‘z suv hududida Eron bayroqlari ostida harakatlangan uchta katerni qayd qilgani ma'lum qilingan.
Shundan keyin ular katerlarga to‘xtash talabi bilan bir nechta signal jo‘natgan. Biroq katerlar ushbu talabni bajarishdan bosh tortgach, saudiyalik harbiylar ularga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Eron katerlari shundan keyingina podshohlik hududini tark etgan.
2019 yil oktyabrida Eronning Qizil dengizda harakatlangan neft tankeriga ikkita raketa zarbasi berilgan. Voqea Saudiya Arabistonining Jidda shahridan 96 km uzoqlikda yuz bergan. Natijada tankerning ikkita neft saqlanadigan bo‘lmasiga shikast yetgan. Bu neftning dengizga oqishiga olib kelgan. Tanker ekipajidan hech kimga zarar yetmagan.
O‘shanda ISNA axborot agentligi ushbu voqea terakt bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
03:55
YeI Eron ustidan parvoz qilish xavfi haqida ogohlantirdi
09:35 / 17.01.2026
YeI aviaregulyatori aviakompaniyalarni Eron ustida uchmaslikka chaqirdi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
16:57 / 16.01.2026