Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda TikTok va WeChat taqiqlandi
Hindiston suvereniteti va yaxlitligi, mudofaa qobiliyati, xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazadigan ilovalar ro‘yxati tuzildi.
Hindiston hukumati Xitoyning Tik Tok ijtimoiy tarmog‘i, UC Browser brauzeri va WeChat messenjerini taqiqladi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Hindiston suvereniteti va yaxlitligi, mudofaa qobiliyati, xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazadigan ilovalar" ro‘yxati tuzilgan.
Ushbu ro‘yxatdan jami 59ta ilova joy olgan.
Asosan Xitoyda ishlab chiqarilgan ilovalar mobil va boshqa qurilmalarda bloklanadi.
Taqiqlangan ilovalar ro‘yxatiga Kwai, Baidu map, Clash of Kings, Mi Community, Club Factory, UC News, Weibo, QQ Music, Mobile Legends kabi ilovalar kiritilgan.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026