Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Advokatura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritiladi. U malaka imtihoniga aloqador
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritilishi rejalashtirilmoqda.
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli Qonuni 3-1-moddasi uchinchi qismi yangi tahrirda bayon etiladi.
Unga ko‘ra, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs, shuningdek, yurisprudensiya yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari, yuridik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari hamda yuridik texnikumlarning kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlari advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.
Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026