Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya xorijlik ishchilarga ehtiyoj sezayotganligini aytdi
Shu yilning fevralida Rossiya mehnat vazirligi fuqarolikni oson olish imkonini beruvchi kasblar ro‘yxatini kengaytirdi. Yangi tahrirdagi hujjatdan 135ta kasb (ilgari 74ta) o‘rin oldi.
Rossiyada iqtisodiyot rivojlanishi bilan ishchi kuchi yetishmasligi muammosi kuchayib bormoqda, mamlakat xorijlik yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezmoqda, dedi Vladimir Putin.
«Rossiya iqtisodiyoti rivojlanishi barobarida bizga ishchi kuchi yetishmayapti, tez orada bu yanada yaqqol seziladi. Bu jiddiy muammolardan biri», — dedi u Rossiya prezidenti.
Uning qayd etishicha, Rossiya yangi fuqarolar oqimiga va ayniqsa, rus tilida so‘zlashuvchilarga ehtiyoj sezmoqda.
Shu yilning fevralida Rossiya mehnat vazirligi fuqarolikni oson olish imkonini beruvchi kasblar ro‘yxatini kengaytirdi. Yangi tahrirdagi hujjatdan 135ta kasb (ilgari 74ta) o‘rin oldi. Unga jumladan, shifokorlik, veterinariya, entomologiya, o‘qituvchilik va jurnalistika kabilar kiritildi.
Shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida migrantlarga imtiyozlar berildi. Putin farmoni bilan 15 martdan 15 iyungacha ular mehnat patenti uchun pul to‘lamasligi belgilandi. Shuningdek, ushbu davr mobaynidan ularning mamlakatda bo‘lish muddati hisobga olinmadi, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar muddati o‘tib ketmadi.
O‘z navbatida, mamlakat IIV aprel oxirida koronavirus pandemiyasi sharoitida xorijliklar deportatsiya qilinmasligini bildirdi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026