Sport | 22:45 / 05.07.2020
3242
2 daqiqa o‘qiladi

«Formula-1»ning yangi mavsumdagi ilk bosqichida Valtteri Bottas g‘alaba qozondi

Foto: Reuters

“Formula-1”ning joriy mavsumdagi ilk bosqichi – Avstriya gran-prisida Mercedes jamoasi a'zosi Valtteri Bottas g‘alaba qozondi. Finlyandiyalik poygachi faoliyatidagi 8-bosqichda zafar quchdi. U saralash bosqichida ham eng yaxshi natijani ko‘rsatgan edi.

2-o‘rinni Ferrari a'zosi Sharl Lekler, 3-o‘rinni McLaren poygachisi Lando Norris egallagan. 

Amaldagi chempion, Mercedes’ning yana bir a'zosi Lyuis Hemilton aslida poygada marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tgan, biroq 5 soniyalik jarima sababli 4-o‘ringa tushib ketgan.

Umumiy jadvalda Bottas 25 ochko bilan 1-o‘rinni egallamoqda. Keyingi o‘rinlarni Lekler (18 ochko), Norris (16) va Hemilton (12) egallamoqda.

Poyga oldidan 6 poygachi qolgan ishtirokchilar bilan bir qatorda irqchilikka qarshi Black Lives Matter harakatini qo‘llab-quvvatlash ifodasi sifatida tiz cho‘kishni istamagan. 

Avstriya bosqichi koronavirus pandemiyasi sababli boshlanishi 4 oyga kechikkan “Formula-1”ning joriy mavsumidagi ilk bosqichi bo‘ldi. U tomoshabinlarsiz o‘tgan. Poygalarning navbatdagi bosqichi ham shu yerda -  Shpilberg trassasida 10-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid