O‘zbekiston | 22:51 / 10.07.2020
10879
1 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ishlari agentligi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Sarvar Ashurov yangi tashkil qilingan Yoshlar ishlari agentligida ish boshladi. 

Foto: kamolot.uz

Kun.uz manbasi xabar berishicha, Sarvar Ashurov Yoshlar ishlari agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U shu paytga qadar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma'naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Sarvar Ashurov 1982 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. U muqaddam «Kamolot» YoIH raisi o‘rinbosari va tashkilotning vaqtinchalik raisi lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun prezident qarori bilan Alisher Sa'dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid