Sarvar Aşurov «Kamolot» Yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy kengaşi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda harakat rasmiy saytida ma'lum qilingan.

U «Kamolot»ning avvalgi rahbari, yanvar oyi oxirida Prezident Devoni yoşlar masalalari sektori rahbari etib tayinlangan Bahodir Ğaniyevning örnini egalladi.
1982 yilda tuğilgan Sarvar Aşurov — Özbekiston Milliy universiteti va Toşkent moliya instituti bitiruvçisi hisoblanadi. 2013 yildan «Kamolot» raisi örinbosari va «Kamalak» bolalar taşkiloti raisi lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan edi.










