Prezident qarori bilan Sa'dullayev Alişer Zafar öğli Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Şu munosabat bilan, Alişer Sa'dullayev Prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Alişer Sa'dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumani (hozirgi Şarof Raşidov tumani)da tuğilgan. Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
2017 yil 30 iyun kuni Toşkent şahridagi Simpoziumlar saroyida bölib ötgan «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida çiqiş qilgan 23 yoşli Alişer Sa'dullayev Xalq ta'limi vaziriga örinbosar etib tayinlangan edi. Özbekiston tarixidagi eng yoş vazir örinbosari 2018 yil oktyabrida vazirlikdan ketdi, köp ötmay Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisiga örinbosar böldi.
U 2019 yil avgustida Qahramon Quronboyev örniga Yoşlar Ittifoqiga rais böldi, 2020 yil yanvarida esa prezident uni senator - Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari etib tayinladi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning dekabrida Yoşlar ittifoqi agentlikka aylanişi haqida xabar tarqalgandi.
2020 yilning 30 iyunida prezident farmoni bilan Yoşlar işlari agentligi taşkil etildi.











