Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST dunyo bo‘yicha rekord sonda kunlik kasallanishni qayd qildi
So‘nggi sutkada dunyoda koronavirusdan 230370 ta kasallanish holati qayd etildi. Bu ayni vaqtda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Foto: REUTERS / Callaghan O'Hare
Bundan tashqari, 5285 kishi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikdan vafot etgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dunyo bo‘ylab kasallanish holati 12,9 mlndan oshib ketdi, 569 mingdan ko‘proq o‘lim holati qayd etildi.
Eng ko‘p kasallanish holatlari Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropada qayd qilingan. Ushbu mintaqalarda koronavirusga chalinganlar soni mos ravishda 6,54 mlndan va 2,9 mlndan oshib ketgan.
Avvalgi sutkalik o‘sish 10 iyulda qayd etilgan. O‘shanda bir kun ichida dunyo bo‘ylab 228 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati aniqlangan.
Mavzuga oid
10:03 / 19.03.2026
Argentina AQSh ortidan JSSTdan chiqdi
07:15 / 25.02.2026
90 foizgacha o‘lim: insoniyatni qo‘rqitgan 10 virus
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
18:06 / 29.01.2026