Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmatillo Isroilovga baxt tilaymiz!
Kun.uz jamoasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bugun ulardan yana biri, ko‘pchilikka yaxshi tanish jurnalist Rahmatillo Isroilov bo‘ydoqlar safini rasman tark etdi.
9 iyul – O‘zbekiston tarixida eng ko‘p to‘ylar o‘tkazilgan kun bo‘lib qolgan bo‘lsa ajab emas. Rahmatilloning to‘yi ham avval belgilangan kunda emas, 9 iyulda Samarqandda bo‘lib o‘tgan, Toshkentda bo‘lib turgan kelin-kuyov esa... to‘yda qatnasha olmagan edi.
Mana bugun, barcha hujjatlar hal bo‘lgach, yoshlarga nikoh o‘qilib, Samarqandga jo‘nab ketishdi.
Biz jamoamizning qadrli a'zosiga to‘kis oilaviy baxt, yetuk farzandlar va birgalikda barcha ezgu niyatlariga yetishlarini tilab qolamiz!
Mavzuga oid
14:25 / 06.01.2026
O‘zbekistonda ayollar necha yoshda oila quryapti? - 2025 yil raqamlari
22:51 / 26.12.2025
Nikoh yoshiga yetmaganlar bilan turmush qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi
18:26 / 23.11.2025
Turkiya sudi erning o‘zga ayollar fotosuratiga layk bosishini ajrashish uchun asos deb topdi
10:24 / 04.11.2025