Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti»ning apellyatsiyasi qanoatlantirildi, jamoa YeChLda o‘ynaydi
Foto: Getty Images
Lozannadagi arbitraj sudi «Manchester Siti»ning YeChLda qatnashish bo‘yicha apellyatsiyasini qanoatlantirdi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Klub moliviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun UYeFA tomonidan ikki yilga yevrokuboklardan chetlashtirilgan va 30 million yevro jarimaga tortilgandi. «Manchester Siti» bu borada apellyatsiya bergandi va u qanoatlantirildi. Endi Manchester klubi 10 million funt jarima to‘lasa kifoya.
Ma'lumot uchun, «Manchester Siti» YeChLning joriy mavsumida ham ishtirokini davom ettirmoqda. Nimchorak finalning birinchi o‘yinida Gvardiola jamoasi Madridda «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Javob bahsi 8 avgust kuni Manchesterda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:19
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026