Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada o‘ziga kelgan «murda»ni o‘likxonadan chiqarishdan bosh tortishdi
Kolumbiyada tirik bemorni o‘likxonaga jo‘natib, so‘ngra uni u yerdan chiqarishni istashmadi.
Daily Mirror nashrining xabar berishicha, Sinselexo shahrida yashovchi 67 yoshli Xuan Xose Munos Romero shifoxonaga qon bosimi bilan tushgan. Romero shifoxonaga keltirilgandan bir necha soat o‘tib uning oilasiga vafot etgani ma'lum qilingan.
Pandemiya sababli erkakning jasadini yaqinlariga berishdan bosh tortishgan. Shunda “marhum”ning qizi o‘likxonaga yashirincha kirib, otasi o‘ziga kelganini aniqlagan.
Ayol otasini uyiga olib ketmoqchi bo‘lganda o‘likxona xodimlari uni otasi o‘lganiga ishontirmoqchi bo‘lishgan. Ularning ta'kidlashicha, erkakda namoyon bo‘lgan tiriklik belgilari o‘limdan keyin kuzatiladigan fiziologik reaksiyalar bo‘lgan.
Biroq ayol otasini oxir-oqibat o‘likxonadan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak hozir boshqa shifoxonada davolanmoqda. Ammo o‘likxonada uzoq vaqt qolish oqibatida unda ishemiya avj olgan.