O‘zbekiston | 15:06 / 15.07.2020
22287
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz viloyat muxbirlari vazifasiga ishga qabul uchun tanlov e'lon qiladi

Kun.uz tahririyati viloyatlarda muxbirlik tarmog‘ini kengaytirishi munosabati bilan Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududiy muxbir vazifasiga tanlov e'lon qiladi.

Nomzodlardan oliy ma'lumotli bo‘lishlari, kompyuterda ishlash, zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlardan foydalanish, bexato va savodli matn tuzish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi. Jurnalistika va bloging sohasida ishlash tajribasiga ega bo‘lganlar hamda yuridik sohadan xabardor bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi.

Nomzodlar imkon qadar viloyatlar markazlari va Nukus shahrida yashab, ishlash sharoitlariga ega bo‘lishlari kerak.

Qo‘yiladigan vazifa: Professional jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish – tadbirlar va matbuot anjumanlarida qatnashish, voqea joyidan reportajlar tayyorlash, muayyan mavzularni alohida o‘rgangan holda yoritish, jurnalistik surishtiruvlar olib borish.

Nomzodlarga talablar:

– 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;

– oliy ma'lumot;

– jurnalistika yoki bloging sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

Talabgorlardan shuningdek, o‘z ishiga mas'uliyatli va turli vaziyatlarga moslashuvchan bo‘lish talab qilinadi.

Kun.uz nimalarni taklif qiladi?

– ahil jamoa davrasida ishlash, o‘z kasbiy mahoratini oshirish va rivojlanish uchun imkoniyatlar;

– sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tib, rasmiy mehnat shartnomasi imzolanganidan so‘ng barcha zarur texnika vositalari bilan ta'minlash;

– bajarilgan ishga qarab haq to‘lash.

Nomzodlardan o‘zi haqida kichik hajm va erkin tarzda bayon qilingan ma'lumotlar, yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumot (nashr etilgan materiallaridan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar)ni tanishib chiqish uchun [email protected] pochtasiga yuborish so‘raladi.

Tahririyat muharrirlari tomonidan tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bog‘laniladi. Suhbat kuni va qisqa sinov muddati kelishilgan holda belgilanadi. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid