Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volvo'ga yashirilgan dorilarni olib chiqish rejasi chippakka chiqdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi «Navoiy» chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro T.D. boshqaruvidagi «Volvo» rusumli yuk avtotransporti vositasini o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ko‘rik natijasida avtotransport vositasining salon qismi va ehtiyot qismlar uchun mo‘ljallangan qutisida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 19 million so‘mlik 27 turdagi dori vositalari yashirilgani aniqlangan.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025