Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati TikTok ilovasini qora ro‘yxatga kiritishi mumkin
Foto: Frank May / DPA / TASS
Oq uy videoroliklar yaratishga mo‘ljallangan TikTok ilovasini savdo vazirligining qora ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hukumat Xitoy ushbu ilova orqali foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni yig‘moqda, degan xavotirda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Financial Times xabar berdi.
Manbalardan birining aytishicha, bu boradagi qaror bir oy ichida qabul qilinadi.
«Biz Xitoyga kuchli signal jo‘natmoqchimiz», — degan u.
Iyul boshlarida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo mamlakat hududida TiTok blokirovka qilinishi mumkinligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu masalani jiddiy muhokama qilmoqda.
16 iyul kuni Oq uy apparati rahbari Mark Medouz WeChat messenjeri ham taqiqlanishi mumkinligini aytdi. Uning bildirishicha, bu ilovalar AQSh milliy xavfsizligini izdan chiqarishi mumkin.
Hindistonda TikTok va WeChat ilovalari allaqachon bloklangan.
Mavzuga oid
00:05
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
22:07 / 07.04.2026
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi
20:16 / 07.04.2026