Jahon | 16:56 / 21.07.2020
11059
2 daqiqa o‘qiladi

Oq ayiqlar 2100 yilga borib yo‘qolib ketishi mumkin

Olimlar fikriga ko‘ra, agar issiqxona gazlarining atmosferaga otilib chiqish darajasi pasaymasa, 2100 yilga borib yer yuzida oq ayiqlar qirilib ketishi mumkin.

Foto: iStock

Nature Climate Change jurnalida e'lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, 2040 yilga borib ko‘plab oq ayiqlarda reproduktiv yetishmovchilik paydo bo‘ladi. Tadqiqotlar davomida oq ayiqning dunyodagi 19ta turidan 13tasi o‘rganib chiqilgan. Ular umumiy tur populyatsiyasining 80 foizini tashkil qiladi.

Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, yer yuzida 26 mingga yaqin oq ayiq qolgan. Ular 19ta hududda, Shpitsbergenning muz landshaftlaridan tortib, Norvegiya, Kanadadagi Gudzon ko‘rfazi va Alyaska bilan Sibir o‘rtasidagi Chukotka dengizida yashamoqda.

Oq ayiqlar quruqlikdan yashash uchun yetarli oziq topa olishmaydi va asosan muzliklarda ov qilishadi.

«Ma'lum bir vaqt mobaynida oq ayiqlarning iqlim o‘zgarishidan jabrlanishi haqida tasavvurga ega bo‘ldik», - dedi Toronto Universiteti biologi Piter Molnar.

Uning ta'kidlashicha, agar issiqxona gazlari miqdori pasaygan taqdirda ham, asr oxiriga borib hayvonlarning bir necha turi yo‘qolib ketadi. Muammolar 2080 yildan boshlanadi.

Mavzuga oid