Kolyuchin orolidagi bo‘sh turgan tadqiqot stansiyasi 1990-yillarda, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin, ish faoliyatini to‘xtatgan edi.

Jonzotlarni rus fotografi Vadim Maxorov «Professor Xromov» kemasida Vrangel oroliga yo‘l olar ekan, dron yordamida tasvirga olgan. Uning aytishicha, suratga olish paytida ayiqlardan taxminan bir kilometr masofada bo‘lgan.

Maxorov ta’kidlashicha, oq ayiqlarning tashlandiq uylar va stansiyalarga joylashishi noyob holat emas: eshiklari ochiq qolgan har qanday qutb bazasi yoki binoda vaqtincha “uy” qilib yashashi mumkin.