O‘zbekiston | 18:53 / 22.07.2020
10680
1 daqiqa o‘qiladi

Nurobod tumani hokimi koronavirusdan tuzalib chiqdi

Samarqand viloyati ​​​​​​​Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoirov bugun, 22 iyuldan boshlab mehnat faoliyatiga qaytdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

F.Zoirovda 8 iyul kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangach, uy sharoitida davolanishni boshlagandi. 21 iyul kuni muolajalarni tugatib qayta test topshirganida virus aniqlanmagan.

Tuman hokimi o‘zining feysbukdagi sahifasida taassurotlarini bo‘lishgan.

«Men koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydim. O‘zimni yaxshi his etyapman. Ammo hali ham qayerda kasallikni yuqtirib olganimni tasavvur qila olmayapman.

Shuni bildimki, hech kim koronavirusga e'tiborsizlik bilan qaramasligi kerak. Salomatlik va xavfsizlik mutlaq ustuvor vazifadir. Shuning uchun barchamiz karantin qoidalariga qat'iy rioya qilib, o‘zimizni, yaqinlarimizni sog‘lig‘ini asraylik. Birgalikda bu sinovli vaziyatlarni yengib o‘tamiz», degan u.

Mavzuga oid