Samarqand viloyatining Nurobod tumanida Nexia maşinasini stadionga boşqarib tuşib, odamlar ustiga haydagan şaxsga jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Kun.uz’ga YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. U qamoqqa olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haydovçi yigit futbolda jamoasining yutqazgani alamidan maşinasida stadionga çiqib, odamlar ustiga bostirib borgan. U qilgan işidan puşaymonligini aytib, uzr söragan.

Şu kabi holat oldinroq Sayxunobod tumanida ham sodir bölgandi. Öşanda futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan haydovçi bezorilikda ayblanib, 4,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. Uning maşinasi esa jinoyat quroli sifatida topilib, davlat foydasiga musodara qilindi. Sudda da’vogarlar undan şikoyati yöqligini bildirgan. Biroq erkakning maşinasi old qismi bilan ikki nafar şaxsni turtib yuborib, voqea joyidan qoçib ketgani oğirlaştiruvçi holat sifatida baholangan.