Samarqand viloyatining yana ikki tumani — Nurobod va Paxtaçi tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga köra, Maxsud Erkinoviç Buranov Nurobod tumani hokimi böldi.

Maxsud Buranov

U bunga qadar «Agrobank»ning viloyat boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat körsatgan.

Buranov yangi lavozimda 2022 yil oktyabridan buyon işlab kelayotgan Sirojiddin Berdiqulov örnini egalladi.

Qayum Norbekoviç Xuşbaqov esa Paxtaçi tumani hokimi etib tayinlandi.

Qayum Xuşbaqov

U bunga qadar viloyat hokimligi axborot-tahlil guruh rahbari vazifasida işlagan.

Xuşbaqov yangi lavozimda 2019 yil mayidan buyon işlab kelgan Muzaffar Hamdamov örnini egalladi.

Bundan avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ham hokim özgargani, bu lavozimni Xurşid Nazarov egallagani haqida xabar berilgandi.