F.Zoirovda 8 iyul kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangaç, uy şaroitida davolanişni boşlagandi. 21 iyul kuni muolajalarni tugatib qayta test topşirganida virus aniqlanmagan.

Tuman hokimi özining feysbukdagi sahifasida taassurotlarini bölişgan.

«Men koronavirus infeksiyasidan butunlay soğaydim. Özimni yaxşi his etyapman. Ammo hali ham qayerda kasallikni yuqtirib olganimni tasavvur qila olmayapman.

Şuni bildimki, heç kim koronavirusga e'tiborsizlik bilan qaramasligi kerak. Salomatlik va xavfsizlik mutlaq ustuvor vazifadir. Şuning uçun barçamiz karantin qoidalariga qat'iy rioya qilib, özimizni, yaqinlarimizni soğliğini asraylik. Birgalikda bu sinovli vaziyatlarni yengib ötamiz», degan u.