Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning yangi shakli taklif qilindi
Katsuxito Takaxashi «Yaponiya-O‘zbekiston-Afg‘oniston» uch tomonlama maslahat shaklini yaratishni taklif qildi.
2020 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yaponiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Katsuxito Takaxashi bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiyaning Afg‘oniston mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa'y-harakatlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onlararo ichki muzokaralarni tezroq boshlash masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya tomoni mamlakat rahbariyatining uzoq muddatli afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatni mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish borasida olib borayotgan siyosatini yuqori baholadi.
Afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini ilgari surish, shuningdek, iqtisodiy yo‘nalishdagi O‘zbekistonning yuqori nufuzi va rolini inobatga olgan holda, Katsuxito Takaxashi «Yaponiya-O‘zbekiston-Afg‘oniston» uch tomonlama maslahat shaklini yaratishni taklif qildi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:57 / 15.06.2026