Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Timur Ishmetov «Xalq banki» kuzatuv kengashi raisi etib saylandi
O‘zbekiston Moliya vaziri Timur Ishmetov AT «Xalq banki» kuzatuv kengashi raisi etib saylandi. Shu paytgacha, bank kuzatuv kengashiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qilgandi.
Ma'lum qilinishicha, kengash tarkibiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyev, «Ilim» (Rossiya) ichki audit guruhi vitse-prezidenti Sirojiddin Zaynuddinov hamda Mubadala (BAA) investitsion kompaniyasi vitse-prezidenti Siril Latroch ham saylangan.
Avvalroq, Ishmetov davlat ulushi baland bo‘lgan banklar kuzatuv kengashlarida xorijiy mustaqil direktorlar o‘rni 30 foizgacha ko‘payishini bildirgandi.
Shu paytgacha, «O‘zsanoatqurilishbank» kuzatuv kengashini boshqarib kelgan Timur Ishmetov o‘rnini shu bankning boshqaruv raisi lavozimida ishlagan, ayni paytda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov egallagan.
Mavzuga oid
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
18:09 / 29.04.2026
Ijobiy tendensiyalar sekinlashgan va tashqi xatarlar bor – MB raisi asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida
17:53 / 27.02.2026
DXX Xalq banki xodimi ushlanganini aytdi. Bank buni rasman inkor etdi
13:20 / 29.01.2026