Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Tursunov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Otabek Tursunov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
DSQ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Qayd etilishicha, O. Tursunov soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2006 yilda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi fuqarolarni ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatchisi lavozimidan boshlagan. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024