Özbekiston prezidenti farmoyişi bilan Otabek Tursunov Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

DSQ Matbuot xizmati xabariga köra, Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon viloyatida tuğilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 

U uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati DSB boşliğining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi. 

Qayd etilişiça, O. Tursunov soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2006 yilda Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi fuqarolarni röyxatga oliş böyiça navbatçisi lavozimidan boşlagan. Soliq xizmatining II darajali maslahatçisi.