Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonada yostiq ichiga yashirilgan sifati kafolatlanmagan dorilar fosh etildi
Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan yuborilgan kurerlik jo‘natmalari orasidagi yostiqlar bojxonachilar e'tiborini tortdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Mazkur yostiqlar o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning ichiga folga – yaltiroq qog‘ozlarga ustamonlik bilan o‘rab joylashtirilgan umumiy qiymati 70 mln so‘mlik 2 turdagi dori vositalari borligi aniqlangan.
Yana bir holatda, xorijdan yuborilgan jo‘natmalar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, jo‘natmalar orasida sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 166,9 million so‘mlik 617 dona dori vositalari borligi aniqlangan.
Shuningdek, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro X.M. boshqaruvidagi «Neksiya» viloyatning Oltinko‘l tumani hududida to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chikarilgan umumiy qiymati 45 mln so‘mlik 5 xil turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini borligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 10.04.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
12:07 / 01.04.2025