Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga chalinganda o‘lim xavfini oshiradigan kasalliklar ma'lum qilindi
Har qanday surunkali kasallik koronavirusga chalinganda o‘lim xavfini kuchaytiradi, demoqda Novosibirsk viloyatining bosh klinik farmakologi Vladislav Mitroxin.
Uning ta'kidlashicha, koronavirus infeksiyasi nafaqat qand kasali bor odamlarda, balki boshqa surunkali xastaliklarga chalingan bemorlarda ham og‘irroq kechadi. Shu bilan birga, ushbu kasalliklar COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim xavfini ham oshiradi.
«Odatda surunkali yurak qon-tomir kasalliklari, o‘pka kasalliklari bor, shuningdek, oshqozon yarasini davolash uchun dori ichib yuradigan insonlar ham xavf guruhiga mansubdir», deb aytgan farmakolog.
Avvalroq, AQShning Profilaktika va nazorat markazlari qand kasalligining koronavirus bilan bog‘liq o‘limning yuzaga kelishiga ta'siri o‘rganilgan tadqiqot natijalarini e'lon qilgan edi. Mutaxassislar mazkur kasallik o‘lim ehtimolini 12 baravarga oshirishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, diabet COVID-19 asoratlarining og‘ir kechishi bo‘yicha yurak qon-tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
17:49 / 14.08.2023
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sut sotuvi boshlandi
18:58 / 06.05.2023
JSST koronavirus hech qachon butunlay yo‘q qilinmasligini aytdi
19:23 / 05.05.2023
JSST koronavirus pandemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:19 / 02.05.2023