O‘zbekiston | 12:19 / 27.07.2020
1321
2 daqiqa o‘qiladi

Mediatorlarni tayyorlash dasturiga o‘zgartirishlar kiritiladi

Maxsus o‘quv kurslarida ta'lim olish shartnoma asosida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan o‘quv dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Mediatorlarni tayyorlash dasturiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi

Adliya vazirining 2019 yil 31 yanvardagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Mediatorlarni tayyorlash dasturiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 17 iyundagi PQ–4754-son “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mediatsiya va nizolarni muqobil usulda hal etish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tomonidan tashkil etiladi.

Maxsus o‘quv kurslarida ta'lim olish shartnoma asosida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan o‘quv dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Maxsus o‘quv kurslari o‘qish uchun fuqarolar bevosita yoki elektron shaklda ariza bilan Markazga murojaat qiladilar.

O‘quv jarayonida o‘quv mashg‘ulotlari ma'ruza, amaliy mashg‘ulot va trening shaklida tashkil etiladi.

O‘quv mashg‘ulotlari tinglovchilarda mediatsiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Maxsus o‘quv kurslari tinglovchilarini baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun Markazda uch nafardan iborat tarkibdagi komissiya shakllantiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid