Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozda ro‘y bergan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Lacetti rusumli avtoulov yo‘lovchisi, Toshkent shahrida istiqomat qilgan fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Foto: IIBB axborot xizmati
Joriy yilning 29 iyul kuni taxminan soat 09:00larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M39 avtomobil yo‘lida 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi, Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi R.Sh. Lacetti rusumli avtomobilni Toshkent shahri tomondan Sirdaryo viloyati tomonga boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u shu yo‘lning 866-kilometrida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.G‘. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtoulov bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, Lacetti rusumli avtoulov yo‘lovchisi, 1981 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qilgan R.O. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lacetti rusumli avtoulov haydovchisi R.Sh. ichki qon ketishi tashxisi bilan Chinoz tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
“Hurmatli fuqarolar, yo‘llarda belgilangan tezlik talablariga, shuningdek yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlaning. Zero, yo‘l xatoni kechirmaydi”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026