O‘zbekiston | 09:09 / 30.07.2020
2540
3 daqiqa o‘qiladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari davlat hisobiga qo‘yiladi

Vazirlar Mahkamasi 23.07.2020 yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 452-son qarorni qabul qildi.

Hujjat Prezidentning "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2019 yil 22 avgustdagi PQ-4422-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
 
Norma’ning yozishicha, Energetika vazirligiga "UZINFOCOM" davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator" MChJ bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar:

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) energiya ishlab chiqaruvchilarga yagona identifikatsiya raqamini onlayn rejimida taqdim etish;

mazkur qaror bilan belgilangan tartib va talablarga muvofiq QTEMdan ishlab chiqariladigan energiya bo‘yicha hisobotlarni elektron shaklda onlayn rejimda taqdim etish;

QTEMdan ishlab chiqariladigan va (yoki) yetkazib beriladigan energiyani hisobga olish bo‘yicha ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha Energetika vazirligining Yagona ma'lumotlar bazasini tashkil qilishni ta'minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqib joriy etish topshirildi.
 
Shuningdek, hujjat bilan:

Yagona ma'lumotlar bazasini joriy etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari belgilandi;

Yagona ma'lumotlar bazasini Davlat statistika qo‘mitasining axborot tizimi bilan integratsiyalashtirishni ta'minlash topshirildi.
 
Nizomda QTEM qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish sxemasi keltirilgan.
 
Energiya ishlab chiqaruvchilar identifikatsiya raqamini olish uchun Energetika vazirligiga quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan arizani Yagona ma'lumotlar bazasi orqali taqdim etadi:

energiya ishlab chiqaruvchilar: yuridik shaxslar uchun - rekvizitlari (joylashgan manzili); jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun - FIO va yashash (pochta) manzili;

energiya ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan QTEMning turi (quyosh, shamol, biogaz, geotermal va boshqalar);

QTEMning qurilmalarini ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqargan davlat va ishlab chiqarilgan sanasi, energiya ishlab chiqaruvchi asosiy qurilmalarning turi va quvvati, muvofiqlik sertifikati mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shuningdek ishga tushirish sanasi.

Shuningdek, Nizomda energiya ishlab chiqaruvchilarga identifikatsiya raqami berish va QTEM qurilmalari yordamida ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish bayon etilgan.
 
Hujjat 24.07.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid