«Toshshahartransxizmat»ning 200 nafarga yaqin haydovchisi tez tibbiy yordam mashinalariga biriktirildi
Tibbiyot muassasalarida haydovchilarga bo‘lgan talabning ortishi kuzatilgan.
Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari koronavirus pandemiyasi tufayli shoshilinch tarzda qo‘shimcha transport vositalari bilan ta'minlandi. Bu haydovchilarga bo‘lgan talabning ortishiga olib keldi.
“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga ko‘ra, tarkibdagi avtobus saroylarining 200ga yaqin haydovchilari poytaxtning tibbiyot muassasalariga yangi olib kelingan turli rusumdagi tez tibbiy yordam mashinalariga biriktirildi.
Avvalroq, “O‘zavtosanoat” tez yordam uchun Volkswagen Caddy avtomobilini taqdim etgani xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham Isuzu D-Max pikapi bazasidagi ambulanslar partiyasi keldi, 27 ta tez yordam mashinasi shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga topshirildi.
Mavzuga oid
10:23 / 14.09.2024
Chortoqda 14 yoshli bolaning umriga zomin bo‘lgan Malibu haydovchisi 4 yilga qamaldi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
23:59 / 16.08.2024
Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatgacha cheklanadi
09:43 / 11.08.2024