Namangan viloyatining Çortoq tumanida yoş bolaning ölimiga sabab bölgan haydovçi jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda uşbu sud majlisida qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

YTH 2024 yilning 16 iyun kuni sodir bölgan. Velosipedida buvasining uyidan qaytayotgan, endigina 14 yoşni qoralagan Ibrohimjonni Malibu urib yuboradi. Zarba kuçidan bola omon qolmagan: sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida Ibrohimjonning “boş miya oçiq jarohati, kalla gumbaz va asos suyaklari sinişi, boş miya lat yeyişi va boş miyaga qon quyilişi, tanadagi şilingan şarohatlar, posttravmatik şok, öpka va miya şişi”dan vafot etgani yozilgan.

Hodisani sodir etgan haydovçi A.D. savdodagi şerigining davlat raqami 50 J 249 TA bölgan Malibu’sini tegişli hujjatlarsiz boşqarib ketayotgan bölgan. Haydovçi va uning maşina içida bölgan hamrohi “45-50 km/s tezlikda kelayotgani, bola velosipedni tösatdan yölning avtomobil qatnov qismiga burib yuborgan”ini aytgan.

Bolaning onasi hodisa tergov hujjatlarida keltirilganidan boşqaça bölganini aytgan.

“Öşa kuni hodisa yuz bergan ondayoq öğlim 3-darajali oğir komaga tuşib qolgan. Köp qon yöqotdi, avariyadan 2 soat ötmay kasalxonada vafot etdi. U yöl çetida ketayotgan bölgan, Malibu 130 km/s tezlikda harakatlanib kelgan. Oldidagi Damas’ni quvib ötaman deb, velosipedda ketayotgan bolamni urib yuborgan”, degan u.

Jinoyat işlari böyiça Çortoq tuman sudining hukmi bilan haydovçi A.D. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi, ya’ni odam ölişiga sabab bölgan transport vositalari harakati qoidalarini buziş jinoyatini sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Tergov va sudning dastlabki eşituv davrida haydovçi A.D. oçiqda qolayotgandi. Hodisadan söng jarima maydoniga qöyilgan Malibu maşinasi ham noma’lum sabablarga köra sud tugamay turib egasiga qaytarib berilgan. Biroq Kun.uz suriştiruvidan söng ehtiyot çorasi qamoqqa özgartirilgan va Malibu jarima maydonçasiga qaytarilgandi.