“Jizzax avtomobil zavodi” Toşkent şahar tibbiyot muassasalariga Volkswagen Caddy bazasida tez yordam avtomobillarini yetkazib berişni boşlaydi.
Maşinalar murakkab paytda – butun mamlakat yuqori tayyorgarlik holatida bölgan pandemiya davrida aholiga xizmat körsatişga möljallangan. Aholiga öz vaqtida yordam körsatişga özining tezkor uluşini qöşiş uçun Volkswagen Caddy bazasidagi avtomobillar keyingi haftadanoq “front”ga çiqadi.


Avtomobilni jihozlaş bilan Turin politexnika universiteti bitiruvçilaridan iborat Turin Invest Engineering mahalliy kompaniyasi şuğullanmoqda. Kompaniya muhandislik işlanmalari (loyihalaştirişdan to foydalanişga topşirişgaça)ga ixtisoslaşadi. Kompaniya tasarrufida mexatronika, metrologiya laboratoriyalari va mamlakatda öxşaşi bölmagan yuksak texnologik jihozlar mavjud.

Bundan taşqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham Isuzu D-Max pikapi bazasidagi ambulanslar partiyasi yölga çiqdi: 27 ta tez yordam maşinasi şahar soğliqni saqlaş boşqarmasiga topşirildi.
Tez yordam xizmati maxsus sanitar avtoparkini kengaytiriş va pandemiya davrida bemorlarga öz vaqtida yordam körsatiş maqsadlarida UzAuto Motors mamlakat mintaqalariga Chevrolet Damas avtomobili bazasida tayyorlangan tez yordam avtomobillari partiyasini jönatdi. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi talablariga muvofiq jihozlangan 250 dona tez yordam avtomobili poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga köra yetkazib berildi.












