Tayvanning sobiq prezidenti Li Denxuey vafot etdi
Tayvanning sobiq prezidenti Li Denxuey 98 yoshida vafot etdi. U Tayvanning aholi tomonidan saylangan birinchi prezidenti bo‘lgan.
Li Denxuey 8 fevralda uyida nafas qisishi boshlangandan keyin shifoxonaga tushgan. Unda o‘pka infiltratsiyasi aniqlangan. Sobiq prezident buning natijasida deyarli yarim yilni to o‘limigacha shifoxonada o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.
Sobiq prezidentning o‘limiga septik shok va poliorgan yetishmovchilik sabab bo‘lgan.
Tayvan qisman tan olingan davlat hisoblanib, Xitoyning alohida maqomga ega hududi hisoblanadi. Bu boshqa davlatlarga Xitoy roziligisiz Tayvan bilan diplomatik aloqalar olib borishni taqiqlaydi.
Li Denxuey 1923 yilda Tayvanda tug‘ilgan. U orol ma'muriyatiga Tayvanning sobiq rahbari Tszyan Tszingo vafotidan keyin 1988 yildan 2000 yilgacha rahbarlik qilgan. Denxuey o‘tkazgan islohotlar evaziga orol-davlatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident saylovlari joriy qilingan. 1996 yilda esa Li Denxuey xalq tomonidan saylangan birinchi prezidentga aylangan.
Denxuey prezidentlik muddati tugagach, 2001 yil yozida yangi partiya – Tayvan birdamlik ittifoqini tashkil etgan. Ushbu partiya Tayvanning Xitoydan mustaqil bo‘lishi uchun kurashib keladi.
Mavzuga oid
13:50 / 04.11.2024
Tayvan RFga dastgohlar yetkazib berish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi
13:10 / 04.11.2024
Taybey: Tayvanlik ikkinchi ko‘ngilli Ukraina uchun janglarda halok bo‘ldi
23:36 / 31.10.2024
Tayvanga «Kong-rey» superto‘foni yopirildi
21:37 / 22.10.2024