Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada raqibga ataylab yo‘talgan futbolchilarga qizil kartochka ko‘rsatiladi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilar maydonda o‘zini tutish tartibi bo‘yicha hakamlar uchun yangi tavsiyalar joriy etdi - endi futbolchilar hakamga yoki boshqa futbolchilarga qarab qasddan yo‘talishi taqiqlanadi.
Yangi mavsumdan boshlab hakamlar raqib o‘yinchisi yoki hakamga qarata ataylab yo‘talgan futbolchiga sariq yoki qizil kartochka ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Federatsiya bu ishni qasddan qilish qoidabuzarlik hisoblanishi, shunchaki yo‘talgan futbolchilar jazolanmasligini qayd etgan. Shu bilan birga, futbolchilarning golni nishonlash paytidagi ijtimoiy masofani saqlamaganliklari uchun hakamlar javobgar hisoblanmaydi. Qolaversa, ular maydonda tupurgan futbolchini jazolashmaydi.
Yangi o‘zgarishlar Angliyadagi barcha musobaqalar uchun, jumladan, Premer-Liga o‘yinlari uchun amalda bo‘ladi.
APLning yangi mavsumi 12 sentabr kuni boshlanadi.
Mavzuga oid
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
16:00 / 19.02.2026
Angliyada poyga boshlandi. «Arsenal»ga nima bo‘lyapti?
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:06 / 09.12.2025