Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Android ilovalar Windows operatsion tizimida ishlay boshladi
Windows operatsion tizimida smartfondagi ilovalarni qo‘llab-quvvatlovchi funksiya paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda undan faqat Samsung devayslari foydalanishi mumkin, deb xabar berdi Android Police.
Your Phone Apps xizmati Windows 10 operatsion tizimining 20185 raqamli beta talqinida ishga tushirilgan. Uning yordamida foydalanuvchi smartfonini Wi-Fi orqali kompyuterga ulab, ilovalarni ishga tushirishi mumkin.
Microsoft kompaniyasi ma'lumotiga ko‘ra, funksiya hali mukammal emas, kompyuterda barcha ilovalar muammosiz ishlab ketolmaydi, jumladan, ba'zi ilovalarda sichqoncha va klaviaturadan foydalanib bo‘lmaydi.
Hozirgi vaqtda servisdan faqat Windows operatsion tizimining beta-talqinida va faqat Samsung smartfonlarida foydalanish mumkin. Servis to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng, uni faqat Galaxy Note20 uskunalarida qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Your Phone Apps servisi Windows operatsion tizimining barcha foydalanuvchilari uchun noyabr oyida ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
13:09 / 18.02.2026
Telegram blokirovkasi fonida: rossiyaliklar Windows bilan muammolardan shikoyat qilmoqda
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
14:14 / 31.10.2025
Android iPhone’dan xavfsizroq chiqdi - Google yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi
18:55 / 14.10.2025