Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DTM: Stadionlarda ham yopiq binolardagidek sharoitlar yaratiladi
OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadionlarda barcha zaruriy sharoitlar yaratiladi, videokuzatuv vositalari o‘rnatiladi, deb ma'lum qildi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.
«Bundan xavotir olish kerak emas. Bir abituriyentning o‘rniga boshqa abituriyent kirib qolishi holatlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir stolda abituriyentlar uchun javob varaqasini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘ladi. Stadionlar tablolar, ovoz kuchaytirgichlar bilan ta'minlanadi, test vaqti qachon tugashi haqida ma'lumot olib turish uchun sharoit yaratiladi», – dedi Barno Rajabov 7 avgust kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.
DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ijtimoiy masofa saqlash sharoitida o‘tkaziladigan imtihonda ham nazoratchilar abituriyentlarga kerakli yordamni ko‘rsata olishini aytdi.
«Agar abituriyentga individual yordam berish kerak bo‘lsa ham, uning yoniga borib yordam ko‘rsatishlari mumkin. Hamma himoya kiyimlarida bo‘ladi», – dedi Sardor Rajabov.
Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 2 sentyabrdan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda o‘tkaziladi.
O‘qishga qabul qilingan talabalar uchun darslar 1 oktyabrdan yo an'anaviy shaklda, yo masofaviy tarzda boshlanadi.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023