Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San'at yo‘nalishidagi ijodiy imtihonlar videotasvirga yozib olinadi - O‘zDSMI rektori
10 avgust kuni AOKAda «2020/21 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ijodiy imtihonlarning tashkil etilishi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ijodiy imtihonlarni topshirish uchun kelgan abituriyentlarning ota-onalari bu yil institutlar hovlisiga kiritilmaydi.
Ota-onalar uchun OTM binosi tashqarisida jarayonni televizion ko‘rishi uchun sharoit yaratiladi.
«Kasbiy imtihon topshirgan har bir talabgor videotasvirga olinadi va keyinchalik ochiq-oydin ko‘rsatiladi. Qo‘yilgan baholar tahlil etiladi», – dedi Ibrohim Yo‘ldoshev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, imtihon oluvchilar orasida mamlakatdagi taniqli san'atkorlar ham bo‘ladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga kirishda ijodiy imtihonlar bekor qilingani haqidagi savolga javob berdi.
«13ta ta'lim yo‘nalishida ham test, ham ijodiy imtihon olinishi belgilangan edi. Abituriyent imtihonga bir marta kelishini ta'minlash uchun OTMlar rahbarlari bilan maslahatlashib, davlat komissiyasiga taklif kiritildi.
Natijada abituriyentlarning imtihonga bir marta kelishlarini ta'minlash maqsadida ijodiy imtihonlar olib tashlandi va o‘rniga oldingi uchinchi blok fanidan test imtihonlari qo‘shildi», – dedi Abduvali Xoliqov.
Mavzuga oid
13:09 / 25.09.2025
O‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlov boshlandi
09:35 / 24.09.2025
Bakalavrda vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tish 25 sentabrdan boshlanadi
15:51 / 22.09.2025
OTMlarda o‘qishga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi
22:00 / 06.09.2025