Jahon | 00:46 / 14.08.2020
19270
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda rekord darajada kunlik kasallanish qayd etildi

Hindistonda bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha antirekord qayd qilindi. Oxirgi sutkada mamlakatda 67 mingga yaqin kasallangan aniqlangan.

Foto: AFP

Shuningdek, oxirgi 24 soat ichida virusdan 942 kishi vafot etgan. Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2,4 mlnga yaqinlashib qoldi. 

Mamlakatda koronavirusdan o‘limlar soni 47 mingdan oshdi. OAVning ma'lum qilishicha, Hindistonda oxirgi 2 hafta davomida kunlik o‘sish o‘rtacha 50 ming holatni tashkil qilmoqda.   

Ayni vaqtda Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh va Braziliyadan keyin 3-o‘rinni egallamoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid