Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning kapitali bir yil ichida 300 million dollarga qisqardi
Foto: Mark Wilson / Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning kapitali oxirgi yil ichida 300 mln dollarga kamaygan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Trampning kapitali 2,7 mlrd dollargacha qisqargan. Umuman olganda, u prezident lavozimiga kirishgandan keyin o‘z boyligining 10 foizini yo‘qotgan.
Trampga tegishli biznes-strukturalarning yo‘qotishlari koronavirus pandemiyasining ko‘chmas mulk bozoriga salbiy ta'siri bilan yanada ortgan. Tanqidchilarning fikricha, bunda qisman Trampning aybi ham bor, chunki u koronavirusni jiddiy qabul qilmagan.
Ta'kidlanishicha, Tramp kapitaliga Nyu-Yorkning Uoll-stritidagi bino, 5-avenyudagi Tramp minorasi va Vornado Realty Trust bilan birgalikdagi mulki narxi tushib ketishi qattiq zarba bo‘lgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Trampga qarashli biznes-imperiyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yanada yomonlashishi mumkin, chunki pandemiyaning uning aktivlariga ta'siri hali tugamagan.
AQSh hukumatining axloq masalalari bo‘yicha boshqarmasi 31 iyulda AQSh prezidentining 2019 yil uchun daromadlari bo‘yicha ma'lumotlarni e'lon qilgan. Ta'kidlanishicha, Tramp o‘tgan yil kamida 446 mln dollar ishlab topgan.
Mavzuga oid
21:49 / 20.01.2026
Joylashuv, "planirovka" va sifat: xonadon xaridi bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari
18:54 / 10.12.2025
Ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliqlar bozor narxida hisoblanadi
14:47 / 09.12.2025
Ko‘chmas mulk xizmatlari hajmi oshib bormoqda, asosiy ulush ijaraga to‘g‘ri keladi
11:53 / 26.11.2025