Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways sentyabrga qadar xalqaro qatnovlarni bekor qildi
Uzbekistan Airways 16 avgustdan 31 avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiy bekor qilinishi haqida xabar qildi.
Parvozlar amalga oshiriladigan mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy markazlaridagi epidemiologik cheklovlarni hisobga olgan holda xalqaro va mahalliy qatnovlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi.
Aviakompaniyaning veb-sayti orqali yoki Uzbekistan Airways Sales filialining kassasida AJning 2020 yil avgust oyidagi bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olgan yo‘lovchilarga to‘lov shakliga muvofiq pul mablag‘larini vaucher shaklida olish yoki 2020 yil 1 sentyabridan boshlab rejalashtirilgan AJ qatnovlariga bir martalik qayta bronlash imkoniyati taqdim etiladi.
Uzbekistan Airways AJning xorijdagi sotuvlar ofisida yoki aviakompaniyaning O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi aviatashuvlar sotuvi bo‘yicha agentlaridan aviachiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar, pul mablag‘larini vaucher shaklida olish yoki uchish sanasini 2020 yil 1 sentyabridan boshlab rejalashtirilgan AJ qatnovlariga qayta bronlash uchun aviachipta sotib olingan joyga murojaat qilishlari kerak.
Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalar sanasini boshqa sanaga qayta bronlash yo‘lovchilar tomonidan qo‘shimcha to‘lovlarsiz amalga oshirilishiga e'tibor berish so‘ralgan.
Mavzuga oid
18:47 / 21.08.2025
Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi xabarni rad etdi
19:00 / 14.08.2025
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
21:59 / 28.07.2025