Jahon | 07:20 / 17.08.2020
1734
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada koronavirus sababli umumiy saylovlar bir oyga ko‘chirildi

Foto: iStock

Yangi Zelandiyada yalpi saylovlar o‘tkazilishi sentyabrdan oktyabrga ko‘chirildi. Saylovlar endi avval belgilangandek 19 sentyabrda emas, 17 oktyabrda o‘tadi. Bu qaror mamlakatda koronavirus tarqalishi yana avj olayotgani bilan bog‘langan, deb ma'lum qilgan bosh vazir Jasinda Ardern.

O‘tgan hafta Yangi Zelandiyada 102 kun ichida birinchi marta izolyatsiyalangan hududdan tashqarida 4 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan. Mamlakatning eng yirik shahri Oklendda karantin kiritilgan.

Ardern koronavirus tarqalishi sababli saylovlar oldidan parlament tarqatilishini bekor qilgan. 

Mamlakatda avvalgi umumiy saylovlar 2017 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid