O‘zbekiston | 12:16 / 18.08.2020
7343
1 daqiqa o‘qiladi

1-sinflarga qariyb 90 foiz bolaning hujjati qabul qilindi - XTV

O‘quvchilarning aksariyati o‘z mikrohududidan qabul qilingan. 

Joriy yilning 18 avgust sanasiga qadar respublika umumta'lim maktablarining 1-sinfiga 578 710 nafar o‘quvchining hujjati qabul qilindi, bu joriy o‘quv yili uchun qabul rejasining 90 foizidir.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, shundan xalq ta'limi tizimidagi maktablarga 577 304 nafar bola, boshqa vazirlik tasarrufidagi maktablarga 103 nafar va 1303 nafari nodavlat maktablarga qabul qilingan. 

Joriy o‘quv yilida xalq ta'limi vazirligi 650 116 nafar o‘quvchini qabul qilishni rejalashtirgan.

O‘quvchilarning aksariyati, 96,4 foizi, o‘z mikrohududidan qabul qilingan (558 140 nafar bola).

2020-2021 o‘quv yili uchun qabul joriy yilning 25 avgustiga qadar davom etishi ma'lum qilingan.

Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid