Qanday qilib BMT bosh kotibiga taklif berish mumkin?
Qachondir dunyo 25 yildan keyin qanday bo‘lishi haqida o‘ylaganmisiz? Odamlarning ongi COVID-19 pandemiyasidan keyin o‘zgaradimi? Tabiat insonlarning ko‘p yillik yomon ta'siridan so‘ng qayta tiklanadimi?
Savollar ko‘p. Javoblar kerak. Insoniyat uchun og‘ir bo‘lgan hozirgi davrda sayyoradagi milliardlab odamlar orasida har bir kishining ovozi eshitilishi kerak. Bugungi kunda dunyo doimgidan ko‘proq odamlarning umumiy birdamligiga muhtoj.
Bu yil BMT butun dunyoda sog‘liqni saqlash tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat og‘ir bo‘lib turgan davrda o‘zining 75 yilligini nishonlamoqda. Biz hozirgi davrdan kuchliroq bo‘lib chiqamizmi, hamkorlikda ishlashga yaxshiroq tayyorlana olamizmi? Yoki ishonchsizlik va tarqoqlik yana ham kuchayadimi? Hmma uchun eng zo‘r kelajakni qurish yo‘lida, butun insoniyat oilasi istiqbollarini muhokama qilish uchun, 2020 yil muloqot yili bo‘lishi kerak.
Shu munosabat bilan, birlashgan millatlar tashkiloti o‘zining 75 yilligi sharafiga «OON75» deb nomlangan global muhokamani boshladi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish boshlagan mazkur muhokama biz istagan kelajakni qurishdagi global muhokamalar tarixida eng yirigi bo‘lishi kutilmoqda.
Buning uchun sizga ikki tilda mavjud bo‘lgan so‘rovnomadan o‘tish uchun shunchaki 1 daqiqa kerak bo‘ladi:
1. O‘zbek tilida: un75.online/?lang=uzb
2. Rus tilida: un75.online/?lang=rus
Barcha g‘oya va xavotirli masalalar joriy yilning sentabr oyida tashkilotning 75 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan Bosh Assambleyaning rasmiy yig‘ilishida dunyo yetakchilari hamda BMT mansabdor shaxslariga taqdim etiladi. Shundan so‘ng, butun dunyo bo‘ylab guruh shaklida ilgari surilgan g‘oyalarni amalga oshirish va qo‘yilgan masalalarni eng samarali yo‘l bilan hal qilishga bag‘ishlangan muhokamalar o‘tkaziladi.
Bosh kotib insonlarni ishtirok etishga chaqirgan holda, quyidagilarni qayd etib o‘tdi: «Hech bir davlat, hech bir xalq qiyin dunyo masalalarini yolg‘izlikda yechishga qodir emas. Biz kuchlarimizni birlashtirishimiz, faqatgina gapirmasdan, tinglashimiz ham kerak. Muhokamada hamma ishtirok etishi juda muhim. Butun dunyodagi odamlarning istak va umidlarini hayotga tatbiq etish uchun bizga sizning fikr, g‘oya va strategiyalaringiz kerak».
Har bir muhokama – bu o‘rganilgan va eshitilgan narsalardan kelib chiqqan holda, odamlarni o‘z hayotlarida biron nimani o‘zgartirishga chaqirish uchun imkoniyat. Bularning natijasida, qimmatli ma'lumotlar olinishi mumkin, ulardan esa o‘z navbatida milliy va xalqaro tashkilotlar tomonidan foydalaniladi.
Yig‘ilgan ma'lumotlar yangi dasturlar, yangi investitsiyalar, hamkorlik va kampaniyalarni ishlab chiqishga turtki bo‘ladi.
O‘z xabarlaringizni qoldiring, so‘rovnomadan o‘ting va aynan o‘zingiz yashayotgan kelajakni quring!
BMT axborot markazi
Mavzuga oid
16:16
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024