Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi
Ushbu lavozimda Rustam Kalonov ish boshladi.
Prezidentning 2018 yil 17 avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Abduhakimovich Kalonov tayinlandi.
Rustam Kalonov 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1974 yildan buyon xalq xo‘jaligining turli soha va tarmoqlarida mas'ul vazifalarda faoliyat yuritgan.
2017 yildan 2020 yilgacha “Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi, 2020 yildan Toshkent shahar hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026