O‘zbekiston | 11:33 / 21.08.2020
25472
2 daqiqa o‘qiladi

22 avgustdan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlanadi

O‘zbekistonda bu yilgi kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlarga 22 avgustdan ruxsatnoma berish boshlanadi.

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning ma'lum qilishicha, ertadan, ya'ni 22 avgustdan boshlab DTM saytidagi har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qo‘yiladi. Har bir abituriyentning ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda SMS-xabar yuboriladi.

AOKAdagi matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, test sinovlari davomiyligi bo‘yicha eng ko‘p Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida 13 kun, eng kam Farg‘ona viloyatida 9 kunda yakunlanadi.

 

  • Eslatib o‘tamiz, 91 ta oliy ta'lim muassasasi va filiallarda ta'limning bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2020 yil 2 sentyabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joylarning barchasi videokuzatuv kameralar bilan jihozlanadi. Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi.
  • Xavfsizlikni ta'minlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi.  Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuchishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.
  • 2020/2021-o‘quv yili qabulida OTMning bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid